Liga-1. «PSJ» qoldirilgan o'yinda «Monako»ni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 621

Frantsiya chempionatining qoldirilgan o'yinlari bo'lib o'tdi. "PSJ" klubi "Monako" maydoniga safar uyushtirib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Mbappe "dubl"ga erishgan bo'lsa, Neymar penaltidan o'z hisobiga gol yozdi. Sarabiya ham hisobning yirik ko'rinishiga kelishida bitta gol bilan hissa qo'shdi.
Shu tariqa, "Pari Sen-Jermen" o'z ochkolarini 49taga etkazdi hamda 2-o'rindagi "Marsel"dan 8 ochkoga ilgarilab ketdi.
Frantsiya chempionati, 15-turning qoldirilgan o'yini
Monako – PSJ 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 24 Mbappe, 0:2 – 45, penalti Neymar, 0:3 – 72 Sarabiya, 1:3 – 87 Bakayoko, 1:4 – 90 Mbappe.
Monako – Lekomt, Xenrixs, Glik, Maripan, Ballo-Ture, Bakayoko, Golovin (Adrien Silva, 69), Jelson Martinsh (Ogyusten, 78), Fabregas (Yovetich, 79), Keyta Balde, Ben-Yedder.
PSJ – Navas, Dagba, Tiago Silva, Kimpembe, Kurzava, Guye (Verratti, 71), Kuassi, Di Mariya (Draksler, 79), Neymar, Ikardi (Sarabiya, 71), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Glik (45), Kuassi (68), Bakayoko (81), Kurzava (86).

Bosh sahifaga
177