UEFA 2019 yil ramziy terma jamoasini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 537

UEFA 2019 yil yakunlari bo'yicha Evropaning ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Ushbu tarkib UEFA rasmiy sayti orqali o'tkazilgan so'rovnoma natijalari orqali e'lon qilindi.
Hujum uchligi Messi, Ronaldu va Levandovskidan iborat bo'lgan bo'lsa, etti nafar futbolchi yil ramziy jamoasiga ilk marta kiritildi.
UEFAning 2019 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Alisson Bekker («Liverpul»);
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Endryu Robertson, Virjil van Deyk (barchasi – «Liverpul»), Matteys de Ligt («Ayaks» / «Yuventus»)
Yarim himoyachilar: Frenki de Yong («Ayaks» / «Barselona»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»),
Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Sado Mane («Liverpul»), Robert Levandovski («Bavariya»).


Bosh sahifaga
173