Angliyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Henderson Angliyaning 2019 yildagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Bu haqda Mersisayd klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli futbolchi ushbu sovrin uchun kurashda "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rahim Sterling va "Tottenhem" hujumchisi Harri Keynni ortda qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Henderson o'tgan yili milliy jamoa tarkibida 7ta o'yin o'tkazdi va Angliya bilan Millatlar Ligasida 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ta'kidlab o'tish joizki, Henderson klublar miqyosida "Liverpul" bilan Chempionlar Ligasi, Evropa Superkubogi va klublararo jahon chempionati g'olibligini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190