«Barselona» 17 yil ichida ilk marta mavsum o'rtasida murabbiyni iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 485

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde o'z lavozimini tark etdi. Klub va mutaxassis shartnomani muddatidan avval bekor qilish haqida kelishuvga erishishdi.
Uning o'rniga kataloniyaliklar «Betis» klubi sobiq bosh murabbiyi Kike Setenni bosh murabbiy etib tayinlashdi.
«Barsa» 2003 yildan beri ilk marta mavsum o'rtasida murabbiyni iste'foga chiqardi. O'shanda kataloniyaliklar birinchi o'rindagi jamoadan 20 ochko ortda qolib ketishgani uchun Lui van Gal bilan shartnomani bekor qilishgan edi.
Ayni paytda «Barsa» La ligada peshqadamlik qilmoqda. Jamoa to'plar farqiga ko'ra «Real»ni ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213