Neymar: «Amerika kubogi va Olimpiyada o'yinlarida ishtirok etishni istayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 811

PSJ hujumchisi Neymar ushbu yozda ikkita yirik xalqaro turnirlarda qatnashish istagini bildirdi.
"Men Amerika kubogi va Olimpiyada o'yinlarida ishtirok etishni xohlardim, ammo qiyin bo'lishini tushunaman. 2016-yilda ikkala turnirda ham o'ynashni xohlagan edim, ammo "Barselona" menga ruxsat bermagan edi. Shuning uchun men hozirgi klubim bilan hamma narsani muhokama qilishimga to'g'ri keladi, chunki men Braziliya terma jamoasiga yordam bermoqchiman", - dedi 27 yoshli hujumchi.
Eslatib o'tamiz, Amerika kubogi-2020 Argentina va Kolumbiyada 12-iyundan 12-iyulgacha bo'lib o'tadi. Tokio Olimpiadasida futbol musobaqalari 22-iyuldan 8-avgustgacha o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290