Neymar qaysi futbolchi bilan birga tup surishni istaydi?(intervyu)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 951

Parijning PSJ klubi etakchisi Neymar Frantsiyaning L'e quipe nashri uchun kichik intervyu berib o'tdi.
Ayni damdagi yoki sobiq futbolchilarning qay biri bilan bir jamoada to'p surishni istaysan?
Bi juda ham qiyin savol. Sababi, ko'plab futbolchilar bilan birga to'p surishni istaganman. Shuning uchun bir nechta futbolchilarni nomini aytaman. Ramario, braziliyalik Ronaldo. Men terma jamoada debyut qilganimda, «so'yloq» allaqachon terma jamoadagi faoliyatiga nuqta qo'ygan edi. Shuning uchun ham u bilan bir jamoada to'p surish nasib etmadi. Zidan va Ibrahimovich bilan ham bir jamoada to'p surishni istayman.
Ortda qolgan 2019-yil haqida nimalar deya olasan? Kirib kelgan 2020-yildan nimalarni kutyapsan?
Professional va shaxsiy tomondan yondashadigan bo'lsam, 2019-yil men uchun juda og'ir o'tdi. U o'zgarishlarga boy bo'ldi. Unda bo'lib o'tgan voqealar ko'p narsalarga o'rgatdi. Avvaliga, men jarohat oldim. Tiklanishni to'liq amalga oshirmadim va yana jarohat oldi. Ortda qolgan yilni omadsiz kelganiga qaramay, menga yaxshigina saboq bo'ldi. Aynan shu yil sababli yanada tajribali futbolchiga aylandim. Ortirgan tajribam tufayli 2020-yil ancha quvnoqroq o'tadigan ko'rinmoqda. Yangi yilda men o'zimni yaxshi tomonlarimni ko'rsatishga harakat qilaman.
PSJning EChLdagi imkoniyatlarini qabday baholaysan?
Men bizning jamoada EChLda muvaffaqiyat qozonishga etarlicha imkoniyat mavjud deb hisoblayman. Bizning jamoa ancha uyushqoq va tarkibimiz ham etarlicha kengaytirilgan. Ayni damda klub o'zining eng kuchli tarkibiga ega. Klub avvalgi safarlardan farqli o'laroq, bu galgi EChL bahslarida g'oliblik uchun yaxshiroq imkoniyat hosil qilgan. Umuman olganda, men jamoamizning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Bu musobaqadan avval g'alaba qozonmagan bo'lsakda, oxirigacha kurash olib boramiz. Umid qilamanki, biz final o'yinida ishtrok etamiz.

Bosh sahifaga
198