Shomurodov mavsum oxirigacha «Rostov»da qolishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov mavsum oxiriga qadar o'z jamoasida qolishni istamoqda. Bu haqda «Biznes Online» xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchi «Rostov»ga Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishda yordam bermoqchi. Bundan tashqari, u mazkur mavsumda Rossiya chempionatini to'purari unvonini qo'lga kiritishni maqsad qilgan. Shundan so'ng Eldor Evropaga yo'l olmoqchi.
Faqatgina tushadigan katta miqdordagi taklif Shomurodovning rejalarini buzishi mumkin. Ammo hozircha bunday taklif yo'q.
Eldor Shomurodov ushbu mavsumda Rossiya premer-ligasi doirasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi. U Dzyubadan bitta gol ortda qolgan holda to'purarlar poygasida 2-o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
256