AFC U23. Olimpiyachilarimiz Xitoyni mag'lub etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining 2-turiga kelib o'z o'yinini namoyish qilishga muvaffaq bo'ldi. Barcha o'yinchilarimiz o'zlarining yaxshi jihatlarini namoyish qilishdi.
Yigitlarimiz bahsning 6-daqiqasidayoq Xitoy darvozasini ishg'ol qilishgan edi, ammo VAR vaziyatni ko'rib chiqib, golni bekor qildi. Bu vaziyatda G'aniev jarimadan kuchli zarba yo'llaganidan so'ng darvozabon to'pni mushti bilan urib yubordi, ammo to'p darvoza maydonidan uzoqqa ketmadi. To'p uchun kurashda futbolchimiz raqib himoyachisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, deb topildi.
Umuman olganda, o'yin davomida to'p nazorati va xavfli hujumlar bo'yicha terma jamoamiz ustunlikka erishdik. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa hisobni ochishga muvaffaq bo'ldik. Xitoyliklar o'z jarima maydoni ichida Bozorovni chalib yiqitishdi. Belgilangan penaltini Islom Qobilov aniq amalga oshirdi.
Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa VAR bizga kutilmagan sovg'ani taqdim etdi. E'tibordan chetda qolgan vaziyatda Xitoy darvozasiga penalti belgilandi. O'sha vaziyatda to'p himoyachining qo'liga tekkan ekan. Ammo Islom Qobilovning bu galgi 11 metrdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Shunga qaramay, o'yinda ikkinchi golni urishga erishdik. Fut bolchimizning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib qaytdi, o'sha vaziyatda ochilgan To'xtasinov darvozani ishg'ol qildi.
Ikkinchi bo'limga vaziyatda Mirjahon Mirahmadov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.
Shu tariqa, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'z ochkolarini 4taga etkazib, jadvalda 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
AFC U23. "S" guruhi, 2-tur
XITOY - O'ZBEKISTON - 0:2 (0:1)
Gollar: Islom Qobilov (45+2-penalti), Nurullo To'xtasinov (80)
Noaniq penalti: Islom Qobilov (66, darvozabon)

Bosh sahifaga
203