Futbolchilarimiz kunni qanday boshlashdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2181

Ma'lum qilganimizdek, bugun futbol bo'yicha Tailandda o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston OTJ guruh bosqichida ikkinchi tur uchrashuvini o'tkazadi. Xitoylik futbolchilarga qarshi kechadigan bahsdan oldin jamoamiz ichidagi muhitni oz bo'lsada e'tiboringizga havola qilishni lozim topdik.
Murabbiylarimiz belgilab bergan grafik bo'yicha bugun erta tongdan har bir futbolchimizning sog'lig'i tibbiy nazoratdan o'tdi. Shundan so'ng yigitlarimiz yaxshi kayfiyatda nonushtaga yo'l olishdi. Kun davomida engil mashg'ulotlar bilan sayr o'tkazildi va tushlik qilingach futbolchilarga dam berildi.
Bir so'z bilan aytganda, yigitlarimiz yana bir necha soatdan so'ng bo'lib o'tadigan uchrashuvga deyarli shay. Endi buni amalda maydonga ko'rsatish qoldi xolos.


Bosh sahifaga
197