Amorim: "MYu" uchun Evropa ligasida g'alaba qozonish unchalik muhim emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Ruben Amorimning aytishicha, Evropa ligasida g'alaba qozonish "Manchester Yunayted" uchun katta muvaffaqiyat bo'lmaydi.
APL turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turgan ingliz klubi bugun Evropa Ligasi final uchrashuvida 17-o'rinda borayotgan "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi.
G'olib keyingi mavsumda Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo'llanma oladi.
"Klubimiz uchun bu eng muhimi emasligini aytganimda, aynan shuni nazarda tutaman. Kechirasiz, lekin "Manchester Yunayted" uchun Evropa ligasida g'alaba qozonish unchalik muhim emas.
Biz Premer-liga va Chempionlar ligasi chempionligini maqsad qilishimiz kerak, biz hozir bundan yiroqmiz.
Albatta, bu mening fikrim. Evropa ligasida g'alaba qozonish - bu Evropa chempionligi, lekin menda doim bu etarli emasligini his qilaman", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Goal bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
262