Yaqinda Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

23 aprel kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-Sholak" arenasida MMA bo'yicha Octagon 73 turniri o'tkaziladi.
Bu haqda 19 aprel kuni, musobaqaga 5 kun qolganida tashkilotchilar xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Octagon 73 markaziy jangi ikki qozog'istonlik sportchilar — Rustem Muxatov (13-3) hamda Baurjan Kuanishbaev (18-6) o'rtasida o'rta vazn chempionlik kamari uchun kechadi.
Bundan tashqari, musobaqa doirasida o'zbekistonlik MMA jangchilaridan Jasurbek "Tayson" Jo'raev, Shahzod Gold Uzoqov va boshqalar oktagonga ko'tarilishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
296