Obameyang uzr so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355

"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang Angliya chempionatining 22-turi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsdan maydondan chetlatildi.
Bahsning 67-daqiqasida gabonlik futbolchi raqib futbolchisi Maks Mayerga nisbatan ancha qo'pol harakat qildi. Hakam dastlab unga sariq kartochka bergan edi, ammo VARning maslahatidan keyin Obameyangga qizil kartochka ko'rsatildi.
Per-Emerik Obameyang ushbu harakati uchun uzr so'radi.
"Umid qilaman, Maks Mayer tezda sog'ayadi. Men bunchalik qo'pol o'ynashni istamagan edim. Yigitlar g'alaba uchun kurashda davom etishdi, afsuski, uyga durang bilan qaytyapmiz", – deya yozdi Obameyang o'zining instagramdagi sahifasi orqali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229