«Latsio» o'z rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380

«Latsio» klubi Italiya chempionatining 19-turidan o'rin olgan «Napoli»ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi (1:0).
Shu tariqa, rimliklar A seriya doirasida ketma-ket 10ta o'yinda g'alaba qozonib, o'z rekordini yangiladi. So'nggi marta «Latsio» 1998/99 yilgi mavsumda Sven-Yoran Eriksson boshqaruvida ketma-ket 9ta o'yinda g'olib chiqqan edi.
«Latsio» Italiya chempionati jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Simone Indzagi jamoasi peshqadamlar — «Inter»dan 4 va «Yuventus»dan 3 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242