Xayrulla Hamidov: «Mana shunaqa qismat»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 658

Hamma joyda bir xabar aylanib yuribdi: VAR "Lester"ning 6 ta golini bekor qildi. "Sautgempton" natijada 2:1 hisobida engdi.
Xuddi "Barselona" muxlislarini tinchlantirayotgandek, sizlar ikki golga xafa bo'lib yuribsizlar, mana ko'rib qo'yinglar, degandek...
Aslida, bu o'yinga kengroq rakursda qarashimiz kerak. VARni aybdor qilishga shoshmaylik. Esingizdami, "Lester" birinchi davrada "Sautgempton"ga borib 9:0 hisobida enggandi. VARning aralashuvi bilan bir kam o'yinchi bo'lib qolgan mezbonlarni ezg'ilab tashlagandi o'shanda "tulkilar". VAR tirik jonzot sifatida ko'rib turganu o'yinni:)
VAR nafaqat o'yindagi vaziyatlarga adolatni olib kiryapti, balki ko'pchilik unutazayozgan oldingi hodisalarni-da joy-joyiga qo'ymoqda. Zo'r, a?!
Hozir savol beramiz endi "Sautgempton"ga o'sha oqshom ko'proq alam qilganmi yo bugungi "Lester"gami?
Mana shunaqa futbol. Mana shunaqa APL. Mana shunaqa qismat...
Xayrulla Hamidov

Bosh sahifaga
290