Allegri «Milan»ga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

«Milan» klubi Massimiliano Allegrini bosh murabbiy lavozimiga qaytarish borasida ish olib bormoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar tarqatdi.
Hozirda ushbu mutaxassis ishsiz yuribdi. Shunga qaramay, 52 yoshli murabbiy A seriyada ishlashga shoshilmayapti. U Angliya premer-ligasida o'z omadini sinab ko'rmoqchi. Xususan, Allegriga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar Ule-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarishsa, italiyalik murabbiyni bosh murabbiy lavozimiga taklif etishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259