«Sheffild Yunayted» bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

«Sheffild Yunayted» bosh murabbiy Kris Uaylder bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi shartnomada mutaxassisning 2023/24 mavsum oxiriga qadar jamoada ishlashi ko'zda tutilgan.
52 yoshli Uaylder 2016 yilning may oyidan beri «Sheffild Yunayted»ni boshqarib kelmoqda. U o'tgan mavsumda jamoani APLga olib chiqdi va o'zining debyut mavsumida yomon natija qayd etmayapti. «Sheffild» kechagi g'alabadan so'ng jadvalda 5-o'ringa ko'tarilib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283