Luis Suares operatsiya qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

«Barselona» hujumchisi Luis Suares o'ng oyog'ining tizzasidagi jarohati tufayli operatsiya qilinishi mumkin.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, urugvaylik futbolchi bugun shifokor Ramon Kugat ko'rigidan o'tadi va shundan so'ng yakuniy qarorga kelinadi.
32 yoshli futbolchi jarrohlik stoliga yotadigan bo'lsa, u 6 hafta davomida maydonga tushmaydi. Tizzadagi muammo o'yinchini anchadan beri bezovta qilib kelayotgan edi, shunga qaramay, u o'yinlarda ishtirok etib kelayotgan edi.
Suares ushbu mavsumda «Barsa» safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281