Ektor Kuper Gana terma jamoasini boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 390

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper Gana terma jamoasi ustoziga aylanishi mumkin. Bu haqda mutaxassisning agenti xabar tarqatdi.
Gana futbol assotsiatsiyasi yaqinda terma jamoa murabbiylar shtabini tarqatib yuborgan edi.
"Kuper hozir band emas. Agar unga imkoniyat berilsa, u Gana terma jamoasini boshqarishga tayyor. Gana — kuchli jamoa. Bu jamoa bilan ko'p narsaga erishish mumkin. Janob Kuperning ambitsiyasi yuqori", — dedi Kuperning agenti Alexandro Kamano.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284