RFI hakamlar qo'mitasi rahbarligiga Ermatovning nomzodini ko'rib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) hakamlar departamenti boshlig'i lavozimiga vengriyalik sobiq hakam Viktor Kashshaini tayinladi. Ungacha esa tashkilot bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqqani ma'lum bo'ldi.
«Biznes Online» tarqatgan xabarga ko'ra, o'zbekistonlik FIFA referisi, hozirda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlayotgan Ravshan Ermatovning nomzodi ham ko'rib chiqilgan. Bunda Ermatovning rus tilini yaxshi bilishi va katta tajribaga ega ekani nomzodning ustunligi sifatida qaralgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268