«Navbahor» yig'iniga niderlandiyalik legioner qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

Namanganning “Navbahor” jamoasi ixtiyoriga bugun yana bir xorijlik futbolchi qo'shildi.
Bu niderlandiyalik Nelson Gregori Jarreld Martlales bo'lib, u 1988 yil, 31 yanvarda tug'ilgan, ampluasi – hujumchi. Nelson futbolchilik faoliyati davomida Gollandiyaning “AZ” (Alkmar), “Rozendal” (Rozendal), Bolgariyaning TsSKA (Sofiya), “Botev” (Plovdiv), Ukrainaning “Metallurg” (Donetsk) va Hindistonning “Chennayin” (Chennan) klublarida o'ynagan.
Niderlandiyalik hujumchi “lochinlar”ning bugundan boshlangan o'quv-mashg'ulot yig'iniga ertaga qo'shiladi.
Shuningdek, ertaga yana bir qator legionerlarning Namanganga tashriflari kutilmoqda.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260