«Liverpul» Evropa rekordini o'rnatishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380

"Liverpul" klubi ertaga bo'lib o'tadigan "Tottenxem"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonsa, Evropa rekordini o'rnatadi.
Gap shundaki, milliy chempionat doirasidagi dastlabki 21ta o'yinda Evropaning hech bir jamoasi 61 ochko jamg'armagan. Mersisaydliklar hozirda 20ta uchrashuvdan keyin 19ta g'alaba va 1ta durang qayd etib, 58 ochko jamg'arib turishibdi. Navbatdagi g'alaba tufayli Klopp jamoasining ochkolari 61taga etadi.
Hozircha bunday rekord "Manchester Siti"ga tegishli bo'li, Gvardiola jamoasi 2017/2018 yilgi mavsumda 21ta o'yindan keyin 59 ochko jamg'arishgan edi.
APLning 22-turidan o'rin olgan "Tottenxem" — "Liverpul" o'yini 11 yanvar, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262