«Real» Beylga munosib xaridor topa olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

"Real" klubi rahbariyati yarim himoyachi Garet Beylni sotib yuborishni istamoqda.
The Telegraph tarqatgan xabarga ko'ra, jamoa yanvar oyida uelslik futbolchini sotishga ko'zi etmayapti. Shuningdek, yozgi transfer paytida ham Beylga munosib xaridor topilishiga klub shubha qilmoqda.
Beylning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning transferi 40 million evroga baholanmoqda.
Beyl ushbu mavsumda 14ta o'yinda maydonga tushib, ularda ikkita gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207