Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugundan yig'inga kirishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Bilasiz,Turkmanistonda futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 bahslari o'tkaziladi.
Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Futzalchilarimiz bugundan mazkur musobaqaga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini boshlashadi.
Dastlab 10-19-yanvar oralig'ida Toshkentda kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar olib boriladi. So'ngra jamoamiz 19-23-yanvar kunlari Ozarbayjon poytaxti Bokuda yig'in tashkil etadi. Yig'in doirasida mazkur mamlakat milliy jamoasi bilan 2 ta o'rtoqlik o'yini ham o'tkaziladi.
Yig'inda 20 nafar futzalchi ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210