Keyn operatsiya qilinadi va aprel oyigacha maydonga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn oyog'idan olgan jarohat tufayli jarrohlik stoliga yotadigan bo'ldi. Shu tufayli, angliyalik futbolchi aprel oyigacha mashg'ulotlarda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Keyn Angliya chempionatining 21-turi doirasida «Sautgempton»ga qarshi o'yinda (0:1) jarohat olgan edi. Hujumchi ushbu mavsumda 25ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243