UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Real" ikki yulduzni tekinga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

Madridning "Real" klubi transferlarga katta pul sarflamasdan himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Marca gazetasi jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi"ning transfer short-listida Angliya Premer-ligasining ikki himoyachisi bor. "Qaymoqranglilar" safini Vilyam Saliba ("Arsenal") va Ibraim Konate ("Liverpul") to'ldirishi mumkin. Shu bilan birga, "Real" bosslari bu transferlarga pul sarflashni istamayapti va futbolchilarning hozirgi klublari bilan shartnomalari tugashini kutmoqchi.
Konate "Liverpul" bilan 2026 yilgacha bo'lgan mehnat majburiyatlariga ega, Salibaning "kanonirlar" bilan shartnomasi esa 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!