"Jirona" bosh murabbiyi "Vilyarreal"ga qarshi o'yin oldidan kasalxonaga yotqizildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Jirona" bosh murabbiyi Mishel Sanches tibbiy sabablarga ko'ra kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.
Mutaxassis sog'lig'idagi muammolar tufayli 10 may kuni bo'lib o'tadigan "Vilyarreal"ga qarshi Ispaniya chempionati 35-tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
"Shifokorlarning tavsiyalarini tinglab, ularning kasbiy mahoratidan minnatdorman, tuzalishim uchun bir necha kunlik tanaffus qilishga majbur bo'ldim", - deb yozdi 49 yoshli murabbiy ijtimoiy tarmoqlardagi o'z xabarida.
Sanches jamoasi u yo'qligida ham kurashni davom ettirishiga va muxlislarni xursand qilishiga ishonch bildirdi. "Jirona" ayni damda 38 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
380