Pirs Morgan Parijga safari va "Arsenal"ning Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan xafa bo'ldi.
"Arsenal" Chempionlar Ligasi yarim final javob o'yinida "PSJ"ga (1:2) yutqazib, turnirni tark etdi (ikki o'yin natijasiga ko'ra 1:3).
"Men Parijga "Arsenal" "PSJ"ni engib, Chempionlar Ligasi finaliga chiqadi degan umid bilan kelgan edim.
Ammo faqatgina mana bu la'nati sayyohlik suratini oldim," - deb yozdi teleboshlovchi va "Arsenal" muxlisi Morgan hamda Eyfel minorasi oldida tushgan rasmini joylab.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!