"Inter" 44 million evrolik ikki xarid ustida ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65

Chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgan va turnirda yaxshigina pul ishlagan Milanning "Inter" klubi yozni transfer bozorida faol o'tkazishni rejalashtirmoqda.
"Neradzurrilar"ning eng yaqin xaridlari qatorida "Torino"dan Samuel Richchi va "Udineze"dan Umar Sole bo'lishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Italiya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi Richchi tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynaydi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning narxi 30 million evroga baholanmoqda.
25 yoshli frantsiyalik himoyachi Sole markaziy zonada o'ynamoqda va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasini ham yopib berishi mumkin. U mavsum davomida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning narxi 14 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
238