«Yuventus» yana bir futbolchini «Ad-Duhayl»ga sotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

«Yuventus» hujumchisi Xan Kvan Son Qatarning «Ad-Duhayl» klubiga o'tdi.
21 yoshli shimoliy koreyalik o'yinchi 2017 yildan beri Italiya chempionatida o'ynab kelmoqda. Xan Kvan Son A seriyada ishtirok etayotgan birinchi KXDRlik futbolchiga aylangan edi. U «Yuventus»ning asosiy jamoasi safida biror marta maydonga tushmadi.
«Ad-Duhayl»ni «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning sobiq yordamchisi Ruy Fariya boshqarmoqda.
Qatarliklar safida "Yuve"ning sobiq futbolchilari — Mario Manjukich va Medxi Benatiya faoliyat yuritmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218