AFC U23. Tailand musobaqani yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294

Mezbonlar 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatini yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi.
Tailand terma jamoasi 1-turda Bahraynga qarshi maydonga tushib, ancha yirik hisobda g'alaba qozondi. Mezbonlar birinchi bo'limning 12-daqiqasida hisobni ochishdi.
Tailandliklar ikkinchi bo'lim boshida raqib darvozasiga ikkinchi golni urishga muvaffaq bo'lishdi. Shundan so'ng mezbonlar Bahrayn darvozasi oldida ko'plab vaziyatlarni yaratib, ularni ko'kka sovurishdi.
Faqatgina bahsning so'nggi daqiqalarida Tailand terma jamoasi a'zolari vaziyatlardan samarali foydalana boshlashdi. Natijada ular raqib darvozasiga yana 3ta to'p kiritishdi — 5:0.
Bugungi o'yinda tailandlik futbolchilar — Suphanat Mueanta va Jaroensak Vonggorn ikkitadan gol muallifiga aylanishdi.
U-23 Osiyo chempionati, "A" guruhi, 1-tur
TAILAND - BAHRAYN - 5:0 (1:0)
Gollar: Suphanat Mueanta (12, 79), Supachok Sarachat (47), Jaroensak Vonggorn (90, 90+2)

Bosh sahifaga
218