«PSJ» Kavanini «MYu»ga sotmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 386

«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani qishda Parijni tark etmaydi. Bu haqda Daily Mirror xabar tarqatdi.
32 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» da'vogarlik qilayotgan edi. Mankunianliklar urugvaylik futbolchi borasida "Pari Sen-Jermen"ga taklif yubordi, ammo parijliklar rad javobini berishdi. «PSJ» rahbariyati mavsum o'rtasida Kavanini sotmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" Kavani borasida «Atletiko»ning taklifiga ham rad javobini bergandi. Urugvaylik futbolchi ushbu mavsumda Frantsiya chempionati doirasida 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206