«Andijon» tarkibiga moldaviyalik to'purar kelib qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

Yangi mavsumga tayorgarlikni Yangier shahrida olib borayotgan “Andijon” jamoasi tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shilishda davom etmoqda.
Bugun o'quv-yig'in mashg'ulotlariga Moldaviyalik Artyom Litvyakov kelib qo'shildi.
Tanishing, Artyom Litvyakov.
Ampluasi: hujumchi;
Tug'ilgan yili: 23.10.1996 yil
Fuqaroligi: Moldaviya.
Artyom Litvyakov Moldaviyaning A Divizionida ishtirok etuvchi “Tigina” jamoasi sharafini himoya qildi.
Yakuniga etgan mavsumda “Tigina” tarkibida raqiblar darvozasini 30 marotaba aniq nishongan olgan bu hujumchi, mavsum yakuniga ko'ra chempionat to'purari bo'ldi.
Uning “Tigina” jamoasi esa turnir jadvalini 4-o'rin bilan yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253