U23 Asian Cup. O'zbekiston - Eron o'yinini qatarlik hakam boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 364

Bugun 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati boshlanmoqda. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqadagi dastlabki uchrashuvni ertaga Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Mazkur uchrashuvni qatarliklar guruhi boshqaradigan bo'ldi. Xamis al-Marriy maydonda ishlasa, unga qanotlarda Saud al-Maqola va Tolib al-Marriy yordam berishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Eron o'yini 9 yanvar, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 15:15da boshlanadi.
AFC U23. "S" guruhi, 1-tur
O'ZBEKISTON - ERON
2020 yil 9 yanvar. 15:15. "Tinsulanon" stadioni.
Hakamlar: Xamis al-Marriy, Saud al-Maqola va Tolib al-Marriy (barchasi — Qatar)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254