«Bunyodkor» bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375

Ayni vaqtda BAAning Abu Dabi shahrida yig'in o'tkazayotgan «Bunyodkor» safar oldidan tarkibga bir qator futbolchilarni qo'shib oldi.
Xususan, «Bunyodkor-2»dan darvozabon Akobir Qayumov, o'rinbosarlar tarkibidan Hasan Yo'ldoshev va 2019 yilgi mavsumni ijara asosida AGMKda o'tkazgan Rasul Yo'ldoshev bosh "qaldirg'ochlar" safiga qo'shildi.
Shuningdek, bir qator mahalliy o'yinchilar bilan ham turli ko'rinishdagi shartnomalar imzolandi. Xususan, Murod Xolmuhammedov, Sarvar Karimov (ikkalasi «Qo'qon-1912»), Humoyun Murtazoev, Sardor Abduraimov (ikkalasi «Mash'al»), Bahodir Pardaev («Metallurg»), G'ulom-Haydar G'ulomov (AGMK) 2020 yilgi mavsumni «Bunyodkor»da boshlaydi.
Qolaversa, o'tgan mavsumni Tojikistonning «Xo'jand» klubida o'tkazgan Davronjon Ergashev, so'nggi jamoasi Turkmanistonning «Oltin asr» bo'lgan Selim Nurmurodov ham «Bunyodkor» a'zosiga aylandi.

Bosh sahifaga
255