Mane — Afrikaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 369

«Liverpul» klubi va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane Afrikaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Sovrinni qo'lga kiritish uchun final uchlikka, shuningdek, Muhammad Saloh («Liverpul», Misr) va Riyod Mahrez («Manchester Siti», Jazoir) kirishgan edi.
Mane faoliyati davomida ilk marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. 2017 va 2018 yillarda o'tkazilgan so'rovnomada Sadio ikkinchi o'rinni egallagan edi.
Mane 2019 yilda Mane «Liverpul» bilan Evropa chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va klublar o'rtasidagi JChda g'olib chiqdi. Shuningdek, Senegal terma jamoasi bilan Afrika millatlar kubogi finaliga chiqqan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236