O'zbek boksi Angliya nashri e'tirofida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 872
Angliyaning yakkakurash sport turlarini yoritishga ixtisoslashtirilgan etakchi thefight-site.com sport sayti havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominatsiyalar bo'yicha yilning eng yaxshilari nomini e'lon qildi.
E'tiborlisi, boks bo'yicha turli yo'nalishlarning g'oliblari sifatida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ko'rsatilgan.
Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “Yil bokschisi” sifatida Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov e'tirof etilgan bo'lsa, undan keyingi o'rinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.
Yil jangi yo'nalishida esa garchi g'olib bo'la olmagan bo'lsada, Mirazizbek Mirzaxalilovning JCh yarim finalida mo'g'ulistonlik Erdenebat Tsendbataarga qarshi jangi kuchli uchlikka kirgan. O'sha jangda hamyurtimiz raqibini mag'lub etib, finalga yo'l olgandi.
Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi bokschilar” ro'yxatida hamyurtimiz Abdumalik Halakovning nomi ham keltirilgan. G'alabali jangdan so'ng muxlislarga ajoyib salto namoyish etib beruvchi Abdumalik maqolada kelajagi porloq bokschi sifatida qayd etilgan.
“Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Ekaterinburgda Richard Torres ustidan qozongan g'alabasi ko'rsatilgan.
“Yilning eng yaxshi boks maktabi” yo'nalishida ham O'zbekiston eng yaxshi sifatida e'tirof etilgan.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati