A seriya. Ibrohimovichning «Milan»dagi debyutida hisob ochilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246

"Milan" klubi qishki tanaffusdan keyin dastlabki o'yinni "Sampdoriya"ga qarshi o'tkazib, bir ochko bilan cheklandi.
Kutilganidek, bahsning 55-daqiqasida Zlatan Ibrohimovich zaxiradan maydonga tushdi. Shvetsiyalik futbolchi raqib darvozasi tomon 2 marta zarba bergan bo'lsa, boshqa vaziyatlarda jamoadoshlarini qulay vaziyatlarga chiqarishga harakat qildi.
"Sampdoriya"ning hujumlari esa xavfli bo'ldi. Gabbyadini ikik o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
Shu tariqa, Ibrohimovichning "Milan"dagi debyuti durang bilan yakunlandi.
Italiya A seriyasi, 18-tur
Milan – Sampdoriya 0:0 (0:0, 0:0)
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Teo, Romanoli, Krunich (Lukas Paketa, 85), Bennaser, Chalxanoglu, Bonaventura (Rafael Leau, 56), Suso, Piontek (Ibragimovich, 55).
Sampdoriya – Audero, Shabo, Kolli, Bereshinski, Murru, Ronaldu Vieyra, Linetti, Torsbyu, Ramires (Depaoli, 30; Yankto, 42), Kualyarella (Ekdal, 86), Gabbyadini.
Ogohlantirishlar: Krunich (13), Depaoli (40), Torsbyu (68), Kolli (70), Bereshinski (78), Linetti (90).

Bosh sahifaga
238