Shomurodov «Rostov»ning XXI asrdagi ramziy jamoasidan o'rin oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

Quvonarlisi, «Rostov»ning XXI asrdagi ramziy jamoasidan «Rostov» klubining ayni damdagi to'purari Eldor Shomurodov ham joy olgan. O'zbekistonlik forvard hujum chizig'ida faoliyatini «Rostov»da yakunlagan Dmitriy Kirichenko bilan tandem hosil qilgan.

«CE» talqiniga ko'ra, «Rostov»ning 21-asrdagi ramziy jamoasi:
Darvozabon: Stipe Pletikosa (Xorvatiya)
Himoyachilar: Timofey Kalachev (Belorus), Sesar Navas (Ispaniya), Metyu But (JAR), Dushan Andjelkovich (Serbiya).
Yarimhimoyachilar: Aleksandr Gatskan (Moldova), Mixail Osinov (Rossiya), Kristian Noboa (Ekvador), Aleksey Ionov (Rossiya).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (O'zbekiston), Dmitriy Kirichenko (Rostov).
Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov «Rostov» safida jami 63 o'yinda 15ta gol va 8ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
227