Ronaldu o'rnatishga yaqin turgan 5 ta super rekord
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 914

Qanchalar g'alati eshitilmasin, Ronaldu va Messi o'rtasidagi qarama-qarshilik o'z yakuniga etgani yo'q. 10 yildan ortiq vaqt mobaynida qahramonlarimiz kim o'zarga to'p surib aql bovar qilmas rekordlarni o'rnatishga muvaffaq bo'lishdi. “Oltin to'p”lar borasida Messi oldinda ketayotgan bo'lishiga qaramay, Ronalduning jahon arenalarida o'rnatgan ayrim rekordlarini takrorlash hali-etib bo'lmas cho'qqiga chiqish degandek bir gap. Boz ustiga Krishning sport formasi ko'ngildagidek. Shunday ekan yangi rekordlarni o'rnatishni davom ettirsa bo'ladi. Sezganingizdek bugun Ronaldu tomonidan o'rnatilishi mumkin bo'lgan fantasticrekordlar haqida so'z boradi.
EChLda g'olib chiqish bo'yicha yangi rekord
Ayni damda Portugaliya terma jamoasi sardorida 5 ta “shalpangquloq” mavjud ekanligidan xabaringiz bor. Qahramonimiz o'zining so'nggi EChL sovrinini 2018-yilda Madridning “Real” jamoasi bilan qo'lga kiritgan edi. Agarda, Ronaldu ushbu mavsumda “Yuventus” bilan musobaqada g'olib chiqishni uddalay olsa, undagi Chempionlar Ligasining oltin medallar soni 6 taga etadi va u afsonaviy Pako Xentoga etib olish imkoniyati paydo bo'ladi. “Real Madrid”ning afsonaviy futbolchisi “qirollik klubi” safida 1956-1966 yillar oraliga 6 bor EChL bosh sovrinini boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'lgan. Hozircha bu mutloq rekord hisoblanadi. Krishtiyanu Turin super klubining orzusini amalga oshira olsa, uning futbol olamida tutgan o'rni o'z-o'zidan yanada ko'tarilgan bo'lar edi.
Evropa chempionatlarining mutloq to'purari
Bugungi kunga kelib qahramonimiz bir yo'la 4 ta Evropa chempionatida ishtirok etgan yagona futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, musobaqa tarixida 9 ta gol kiritgan ikkita futbolchidan biri hamdir. Amaldagi chempionning hisobida 9 ta gol mavjud bo'lib, u futbol tarixidagi eng ulkan rekordlardan birni Mishel Platini bilan bo'lishib turibdi. Hademay start olishi kutilayotgan musobaqa uni bu borada mutloq rekordchiga aylantishi mumkin. Afsuski, Portugaliya qit'a chempionatidagi eng kuchli “o'lim gurhi”dan joy egallagan. Shunday bo'lsada, Ronaldu musobaqa davomida bir dona gol kiritishini tahmin qilish qiyin emas.
EChLdagi Xet-triklar soni bo'yicha peshqadam
Qizig'I shundaki, EChL musobaqalaridagi xet-triklar borasida Messi va Ronaldu o'rtasida tenglik kuzatilmoqda. Ikkita futbol afsonasining hisobida 8 tadan xet-trik mavjud. Messidan farqli o'laroq Ronalduda bu rekordni o'ziniki qilib olish imkoniyat biroz kamroq. Fevral oyida 35 yoshni qarshi oladigan hujumchi bu ko'rsatgich borasida Messini quvib o'tishi talab etiladi. Bahorda boshlanadigan EChL play-off o'yinlari buning uchun eng qulay palla desak, adashmagan bo'lamiz.
APL, “A Seriya” va “La Liga” to'purari
Futbol olamida hali bunday rekordni hech kim o'rganicha yo'q. Qahramonimiz “Manchester Yunayted” safida 2007/08-yilgi mavsumda 31 ta gol bilan “oltin butsa”ni qo'lga kiritgan bo'lsa, Ispaniyada uch bor bunday sharafga loyiq ko'rilgan. Endi navbat Italiyaga etib keldi. Bu borada Ronalduning o'tgan mavsumda ishlari biroz yurishmadi. Yangi jamoaga uzoq moslashgan Krish to'purarlar poygasini 4-pog'onadagina yakunladi xolos. Bu mavsumda ham uning hisobida 10 ta gol bilan 4-o'rinda bormoqda. Afsuski, Chiro Imobili bu borada qolgan raqiblaridan shiddat bilan ilgarilab ketmoqda. Bugungi kunga kelib uning hisobida 17 ta gol mavjud. Shunday bo'lsada, futbol olamida birinchi bo'lish uchun kurashib ko'rish talab etiladi.
Terma jamoalar miqiyosidagi eng yaxshi to'purar
Bu boradagi mutloq rekord Eron terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Ali Daeiga tegishli ekanligidan xabaringiz bor. Fors futboli etakchisi o'z faoliyati davomida Eron terma jamoasi libosida 108 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Bu natija bundan bir necha yillar ilgari etib bo'lmas rekorddek tuyular edi, biroq endilikda vaziyat ancha yumshadi. Ronaldu o'tgan mavsumda terma jamoasi uchun 14 ta gol kiritishni uddaladi gollari sonini 99 taga etkazib oldi. Endi bor yo'g'i 10 ta aniq zarba kerak xolos. Ochig'iRonalduning sport formasini inobatga olsak, bu rekod baribir Ronaldu tomonidan tortib olinadigan ko'rinadi. Shunday ekan, vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Bosh sahifaga
272