Pogbaning oyog'i operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning oyog'i operatsiya qilindi. Jarrohlik amaliyoti 2 yanvar kuni amalga oshirildi.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi Evro-2020dan chetda qolib ketishdan qo'rqib operatsiya qildirishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Pogba jarohat tufayli oktyabr-noyabr oylarida maydondan chetda qoldi. Ammo safga qaytganidan keyin yana jarohat oldi.
Pogba ushbu mavsumda "MYu" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, ikkita golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224