Sulsher: «Pogba yanvarda «MYu»ni tark etmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba qishki transfer paytida jamoani tark etmasligini ma'lum qildi.
«Pogba yanvar oyida hech qayoqqa ketmaydi. "MYu" Ximenesni sotib olmoqchi? U bugun juda yaxshi o'ynadi. «Manchester Yunayted»ga o'tishi haqida mish-mish tarqatilayotgan navbatdagi ajoyib futbolchi. Bunday mish-mishlarga izoh bermayman», — dedi Sulsher.
Pol Pogba Angliya chempionatining ushbu mavsumida 6ta o'yinda ishtirok etdi. Bu bahslarda u gol urmadi, ikkita golga uzatma berdi.
28 yoshli Ximenes esa «Vulverxempton» safida ushbu mavsumda 27ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223