Mourino: «Eriksen oldida 3ta yo'l bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 597
«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan bog'liq vaziyat yuzasidan o'z fikrini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, daniyalik futbolchining shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.
«Ochig'ini aytsam, u yanvar oyida sotib yuborilishi mumkinligini bilmayman. Vaziyatni tushunib turibsiz: u hozir istalgan jamoa bilan shartnoma imzolab, mavsum so'ngida yangi klubga o'tib ketishi mumkin. Bu birinchi variant.
Ikkinchi variant – agar boshqa jamoa uni yanvar oyida qo'lga kiritishni istasa, u holda vaziyat jamoamiz nazorati ostida bo'ladi.
Yana bitta variant bor. U "Tottenxem" bilan shartnomani uzaytiradi va biz bilan qoladi. Hozircha esa u shu erda va u bizning o'yinchi», – dedi Mourino.
Ma'lumotlarga qaraganda, Eriksenga «Inter», «Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirishmoqda.