Mirjalol Qosimov deputatlikka saylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319
O'zbekistonning yaqin o'tmishdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri, ayni damda Olmaliqning AGMK klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Mirjalol Qosimov deputat bo'ldi. Bu haqda “Daryo”ga Qosimovning ishonchli vakillaridan biri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Mirjalol Qosimov nomzodi O'zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga qo'yilgan. 22-dekabr kuni bo'lib o'tgan saylovlarda etarlicha ovoz olgan Qosimov deputatlikka saylangan.
Ma'lumot uchun, 49 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi AGMK ortda qolgan mavsum O'zbekiston chempionatida 8-o'rinni band etdi. Mamlakat kubogi finalida esa “Paxtakor”ga mag'lub bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!