Rasman: Sanjar Tursunov AGMK futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

AGMK yangi mavsum doirasidagi ilk transferga qo'l urdi.
Jamoa mahoratli futbolchi, yarim himoyachi, qanot vingeri — Sanjar Tursunov bilan kelishuvga erishdi va yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilish uchun shartnoma imzoladi.
Sanjar Tursunov O'zbekiston MTJdagi faoliyati orqali ko'plab muxlislarda iliq taassurot qoldirgan futbolchi. Shuningdek, u faoliyati davomida Rossiya premer-ligasi, Ukraina premer-ligasi, Qatar yulduzlar ligasi hamda Janubiy Koreya chempionatlarida to'p tepgan.
O'tgan mavsumning ikkinchi qismini «Bunyodkor»da o'tkazgan futbolchi erkin agent olmaliqliklar bilan shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231