Rasmiy xabar: «Paxtakor» «Nasaf» etakchisi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

Markaziy himoyachi Umar Eshmurodov jamoamiz a'zosiga aylandi.
Faoliyati davomida "Sho'rtan" va "Nasaf" jamoalari safida yuqori liga o'yinlarida 152 bor maydonga tushgan himoyachi 4 gol muallifiga aylangan. O'tgan mavsum barcha uchrashuvlarda ishtirok etgan.
Umar Eshmurodov erkin agent sifatida "Paxtakor" bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. Umid qilamizki, Eshmurodovning jamoamizdagi faoliyati muvaffaqiyatli keladi.
"Sherlar" safiga xush kelibsan, Umar!
Umar EShMURODOV
Tug'ilgan sanasi: 30.11.1992
Ampluasi: himoyachi
O'ynagan jamoalari: “Sho'rtan”, “Nasaf”.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223