«Paxtakor»ning tayyorgarlik rejasiga o'zgartirish kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12279

"Sherlar"ning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasida kichik o'zgarish sodir bo'ldi.
Mashg'ulotlarni ayni kunlarda "Jar" stadionida davom ettirayotgan "Paxtakor" 12 yanvar kuni nazorat uchrashuvini "Surxon"ga qarshi ushbu stadionda o'tkazadi.
Turkiyada o'tkazilishi mo'ljallangan xorij yig'ini esa ko'plab futbolchilarning terma jamoa safida ekanligi sabab bekor qilindi. BAA yig'ini muddati esa o'zgartirildi. Dubayga 25 yanvar kuni jo'nab ketiladi va u erda mashg'ulotlar 6 fevralgacha davom ettiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
164