O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Qatar bilan bahs yuritadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 435

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandga etib kelgani haqida xabar bergan edik.
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz bugun Osiyo chempionati oldidan yakuniy o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Terma jamoamizga Qatar olimpiya termasi raqiblik qiladi. Uchrashuv "Muangtong Yunayted" klubining uy stadioni sanaladigan "SCG Stadium" o'yingohida bo'lib o'tadi va soat 17:15 (Toshkent vaqti bilan 15:15)da start oladi.
Qatar bilan o'yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o'tkazadigan Songxla shahriga yo'l oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269