«Liverpul» APLda 1 yildan beri yutqazmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328
Angliya chempionatining 21-turi doirasida «Liverpul» o'z uyida «Sheffild Yunayted»ni mag'lub etdi.
«Qizillar» roppa-rosa bir yildan buyon Angliya premer-ligasida mag'lubiyat nimaligini bilishmayapti. So'nggi marta mersisaydliklar 2019 yilning 3 yanvar kuni «Manchester Siti»ga qarshi safar bahsida yutqazishgan edi (1:2). Klopp jamoasi 365 kun ichida 32ta g'alaba va 5ta durang qayd etishdi.
«Liverpul» ushbu mavsumda ikkinchi o'rindagi «Lester»ni 13 ochko ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Jamoa hisobida bitta zaxira o'yini mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!