APL. "Liverpul" ketma-ket 11 g'alabani qo'lga kiritdi(videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318
Angliya Premer-ligasining 21-turida «Liverpul» o'z maydonida «Sheffild Yunayted»ni qabul qilib, Saloh va Manening gollari evaziga ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
G'alabadan so'ng Yurgen Klopp shogirdlari ochkolarini 58taga etkazib, 2-o'rindagi «Lester» bilan oradagi farqni yana 13taga oshirishdi. «Sheffild Yunayted» esa 29 ochko bilan 8-o'rinda qoldi.
APL, 21-tur
Liverpul – Sheffild Yunayted 2:0
2 yanvar, «Enfild»
Gollar: Saloh (4), Mane (64).
Liverpul: Alisson, Gomes, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson (Lallana, 88), Henderson, Veynaldum, Milner, Mane (Origi, 78), Saloh (Elliott, 90+2), Firmino.
Sheffild Yunayted: Henderson, Stivens, Bashem, Igan, Boldok, Landstrem, Norvud, Flek, O`Konnell, Musse (Makberni, 65), Makgoldrik (Sharp, 66).