Rasman. «Yuventus» darvozaboni «Jenoa»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358
"Yuventus" darvozaboni Mattia Perin "Jenoa"ga o'tdi. Bu haqda "keksa sinora" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Genuyaliklar 27 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishdi. Hozircha shartnomaning boshqa bandlari ma'lum qilinmadi.
Eslatib o'tamiz, Perin 2018 yilning yozida 14,2 million evro evaziga "Jenoa"dan "Yuventus"ga o'tgan edi. Bir yarim yil mavsum davomida u turinliklar safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 8ta to'p o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!